Версия для печати
03.04.2020 y.

O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan koronavirusning tarqalishini oldini olish bo'yicha bir qator choralar ko‘rilayotganligi munosabati bilan, 2020 yil 31 martdan “O‘zbеkiston pochtasi” AJ “Toshkеnt pochtamti” filialining mijozlar bilan ishlash zalining ish tartibiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritildi (Toshkent shahar, Shaxrisabz ko'chasi, 7 uy):

dushanba-shanba kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha, tushliksiz;

yakshanba - dam olish kuni.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “O‘zbеkiston pochtasi” AJ yuzaga kеlishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi.