Версия для печати
05.04.2020 y.

"O'zbekiston pochtasi" AJ elektron tijorat va yetkazib berish faoliyati bilan shug'ullanadigan tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etadi.

1. Viloyat markazlari o'rtasida yuk tashish. Yuk mashinalarimiz Toshkent va viloyat markazlari o'rtasida haftasiga 5 kun qatnaydi. Ushbu xizmat, shaharlararo transport bilan bog'liq muammolari mavjud bo'lgan joylarda kuryerlar yoki kuryerlik kompaniyalari orasida keng foydalanilmoqda.

2. Toshkent shahridagi yoki respublika bo'ylab viloyat markazidagi omborxonangizdan tovarlar yetkazib berish. Yetkazib berish muddati 1-4 kun. Tovarlarni yetkazib berilgandan so'ng pul to'lash imkoniyati ya'ni ustamali to'lov xizmati mavjud. Biz tovarlar uchun to'lovni qabul qilamiz va pulni sizning hisobingizga o'tkazamiz, pul o'tkazmasidan xizmat uchun foiz olinadi. Tovarlarni yetkazib berish jarayonini kuzatish imkoniyati mavjud.

3. Omborni ijaraga berish. Siz tovarlaringizni bizning omborda saqlashingiz mumkin. Tovar uchun buyurtma qabul qilganingizda, sizning talabingiz asosida tovarlar ushbu ombordan mijozga yetkazib beriladi. Ombor "Xalqaro pochtamt" filiali hududida joylashgan (mo'ljal – Shimoliy vokzal stansiyasi).