Increase size
Reset to Default
Decrease size
22.04.2020 y.

 

Online internet savdo bilan shug’ullanadigan tadbirkorlar va yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan mashg’ul bo’lgan jismoniy shaxslar diqqatiga: Yuritimizda davom etayotgan karantin munosabati bilan Sizda mahsulotlaringizni yetkazib berishda muammolar paydo bo’ldimi? Siz mahsulotlaringizni mijozlarga yetkazib berishga qiynalyapsizmi?

Siz muammolaringizni "O'zbekiston pochtasi" AJning “Tezkor pochta” yoki “Kur'yerlik” xizmatlaridan foydalangan holda, hal etishingiz mumkin.

Qanday deysizmi? Siz respublika bo'ylab o'zingizga yaqin joyda joylashgan pochta aloqasi bo'limi orqali “Tezkor pochta” xizmatidan foydalanishingiz yoki Jamiyatning kur'yerini kerakli manzilga chaqirtirishingiz mumkin. Kur'yerlik xizmati ko'rsatilgan manzildan jo'natmangizni olib, mijozingiz manziligacha tez va ishonchli yetkazib beradi. Ushbu xizmat respublika bo'ylab amalga oshiriladi.

Faoliyatingizni davom ettirishingiz uchun "O'zbekiston pochtasi" AJ xizmatlaridan foydalaning!