Версия для печати
16.07.2020 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yil 17 iyuldan “O‘zbekiston florasi” turkumiga bag‘ishlangan “Lolaqizg‘aldoqlar” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasi, 3ta pochta markasidan iborat kichik varaq ko‘rinishida tayyorlangan. Pochta markasida O'zbekiston hududida erta bahorda o‘sadigan yovvoyi gullar – lolaqizg‘aldoqlar tasvirlangan.

Kichik varaqning yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FLORASI” yozuvi joylashgan. Gulning nomi lotin tilda berilgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 37x52 mm. Kichik varaqning o‘lchami 180x80 mm. Pochta markaning adadi 6 ming nusxa. Rasm muallifi va dizayneri – Zakirov X.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

1427. «Papaver» Nominali – 5300 so‘m