O'zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan barcha hamyurtlarimizni "O'zbekiston pochtasi" AJ chin yurakdan muborakbod etadi.
Ona yurtga muhabbat, sadoqat bebaho tuyg'u. Aziz Vatandoshlar, mamlakatimizning mustaqilligini saqlash, obodligini ta'minlash, rivojlanishi uchun hissa qo'shish esa barchamizning muqaddas burchimiz hisoblanadi.
Yurtimiz mustaqilligi, tinchligi, hayotimiz farovonligi abadiy bo'lsin. Bayram muborak bo'lsin!