Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi nishonlanishi munosabati bilan “Oʼzbekiston pochtasi” АJning Xorazm filiali Urganch pochta aloqasi bog`lamasi “3-aloqa” bo`limi boshlig`i Radjapova Umida Atabayevna Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
“Oʼzbekiston pochtasi” АJ Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan Radjapova Umida Atabayevnani muborakbod etadi. Shuningdek, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo`lida amalga oshirayotgan ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qoladi.