Версия для печати
11.09.2020 y.

Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Muhammad Yusuf

 

 

Millatni millat sifatida tanilishida muhim omillardan biri bu uning milliy tili, millat tili hisoblanadi. Bu yil, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganiga oʻttiz bir yil to’ladi. Ya’ni, 1989-yil 21-oktyabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.

Millat tili deganda, mustaqil davlatning tili tushuniladi. Mamlakatning milliy tili ya`ni, o`zbek tilini qay darajada e`zozlaymiz? Shu yurt farzandi sifatida, qay darajada ona tilimizni bilamiz? Albatta, bir qarashda oddiy tuyulgan bu savolga javob berish osondek.

Bugun zamon shu darajada shiddat bilan rivojlanib bormoqdaki, bugun dunyo tillarini qancha ko`p bilsa, shuncha yaxshi. Bejiz til bilgan, el biladi deyishmaydi dono xalqimiz. Til bu - bilimlar kalitidir. Ya’ni qancha ko’p til bilsangiz shuncha ko’p bilimga ega bo’lish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Shu sababli, bugungi kun uchun til bilish, muhim hisoblanadi. Bolalarning yoshligidan dunyo tillarini ko`proq bilishi, o`rganishi, mustaqil so`zlasha olishi uchun qo`shimcha darslarga beramiz. Har bir ota-ona farzandining kamoloti uchun harakat qiladi. Shu o`rinda, yuqorida aytib o`tilgan, ona tilimizni qay darajada bilamiz degan savolga qaytsak-da, javoblar haqida o`ylasak. Tilni sevish, o`z tilini hurmat qilish faqatgina, so`z orqali emas, amalda isbotini ko`rsatish bilan nomoyon bo`ladi. Farzandlarimizga o`nlab dunyo tillarini bilishi uchun imkoniyat yaratib, kamoloti uchun, kelajagi uchun mehnat qilaylik. Oila davrasida o`z tilimizda so`zlashaylik. Ammo eng asosiy tuyg`u Vatan tuyg`usini, Ona tilini, o`zbek tilini mukammal bilishni, sevishni, mas`uliyatni his qilib yashashni qalbiga joylashga harakat qilaylik.

Tarixdan ma`lumki, Ona Vatanimiz boshidan qonli urushlar, notinch zamonlarni o`tkazgan. Birpaytlar o`z ona tilida gapirish mushkul zamonlar bo`lgan. Shukurki, bugungi hayotimiz, mamlakatimiz turmush-tarzi farovon, osoyishta, tinchlik hukmron. Tilimizga hurmat bilan qarash, uni behurmat qiluvchilardan asrash har birimizning burchimiz. Ajdodlarimiz tilimiz uchun jonlarini fido qilganlarini yodda tutaylik. Ona tilimiz bu – millatimiz tili.