Версия для печати
12.10.2020 y.

“Hududlar” turkumiga bag‘ishlangan “Farg‘ona viloyati” nomli pochta markalari zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Zanjir 2 ta pochta markasi va oraliqda joylashgan kupondan iborat.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yil 07 oktabrdan “Hududlar” turkumiga bag‘ishlangan “Farg‘ona viloyati” nomli pochta markalari muomalaga kiritildi. Pochta markalarida Farg‘ona shahrida joylashgan Olimpiya zaxiralari sport kolleji binosi hamda Marg‘ilonda mashhur bo‘lgan atlas va adras to‘qib chiqaradigan stanogi tasvirlangan. Kuponda Farg‘ona viloyatning geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi va tumanlari ko‘rsatilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchami 42x30 mm. Adadi 8 ming nusxa. Dizayner - Yusupaliyev U.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

 1428                                                                                        1429

1428. Olimpiya zaxiralari sport kolleji (Farg‘ona) Nominali - 3200 so‘m.

1429. Mato to‘qish stanogi Nominali - 3500 so‘m.