Версия для печати
15.10.2020 y.

 

Oʼzbekiston Respubliksi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 oktyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʼllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 637-son qarori qabul qilingan boʼlib, mazkur qaror bilan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʼllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi.

Yagona milliy tizim bu - xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʼozlari va boshqa yuridik hujjatlarni elektron tarzda qabul qilinishi hamda tegishli pochta aloqasi bogʼlamasi tomonidan qogʼoz koʼrinishda chop etilib, koʼrsatilgan manzillar boʼyicha pochta aloqasi obyektlari tarmogʼi orqali yetkazib berilishini, yetkazilganligini tasdiqlashni, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishni taʼminlovchi axborot tizimdir.

Endilikda davlat organlari va tashkilotlari yagona milliy tizimdan foydalangan holda pochta joʼnatmalarini yoʼllaganda pochta joʼnatmalarini qogʼozga bosma chiqarish, ularni konvertga solish, manzil rekvizitlarini yozish, pochtaga olib kelish va boshqa shu kabi ishlardan holi boʼladi. Shuningdek, pochta joʼnatmalarini qisqa muddat ichida adresatlarga yetkazib berish hamda pochta joʼnatmalarining holatini yagona milliy tizimdan onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.

Yuqoridagilarga asosan “Oʼzbekiston pochtasi” АJ barcha davlat organlari va tashkilotlarni hamda boshqa yuridik shaxslarni oʼz pochta joʼnatmalaringizni yagona milliy tizimdan foydalangan holda yoʼllashingizni tavsiya etadi.