Версия для печати
20.10.2020 y.

 

Jannatmakon ona zaminimizning har bir go`shasi aziz, insonlari samimiy, mehnatsevar, tili shirin.

Musofir bo`lmaguncha, yurt qadrini bilish mushkulmi? Urushni ko`rgandan keyin tinchlikning qadriga yetiladimi? O`z tilida, millat tilida so`zlashish, muloqot qilish uchun ruhsat so`rash kerak bo`lsa, bunday millat mustaqil hisoblanadimi?

Mustaqil millatning, mustaqil tili bo`ladi. Har bir millatlarning o`z ona tilisi mavjud. Yuqorida berilgan savollar o`zaro bir biriga bog`liq bo`lib, jamiyatning ona tilisi har doim o`sha millat uchun asosiy til hisoblanadi. Ona yurtimizda har yili 21-oktyabr sanasi til bayrami sifatida nishonlanadi, aynan shu kunda Ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan.

Yildan yilga ona tilimizga qaratilayotgan e`tibor yanada kuchaymoqda. Qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlarda millatimizning Ona tilisining boy imkoniyatlarini anglash orqali yanada rivojlantirish uchun amaliy ishlar qilinmoqda.

Shuningdek, “O`zbekiston pochtasi” AJda ham 21-oktyabr sanasiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazildi.

Buyuk ajdodlardan avlodlarga o`tib kelayotgan tilimizga qay darajada munosabatdamiz? G`azal mulkining sultoni, turkiy tilimizning qudratini dunyoga tanitgan, Alisher Navoiy bu tilda qoldirgan ijodiy merosi orqali ona tilimizning boy imkoniyatlarini his qilamiz. So`z ishlatish mahorati, so`zlarning ta`sirchanligi benihoya mukammallik kasb etadi.

Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘,

Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.

Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,

Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!

Yuqoridagi misralar Alisher Navoiyning tengsiz g`azallaridan biri bo`lib, bir oqiganingizda boshqa ma`no, qayta-qayta o`qilganda boshqa ma`nolar keltirib chiqaradi. O`z-o`zidan turkiy tilniing imkoniyatlari nechog`liq boy ekanligini guvohi bo`lamiz.

Ona tilimizni bilish, uni imkoniyatlaridan foydalanib muloqotda qo`llash millatimiz uchun muhim jarayon hisoblanadi. Boy tarixga ega bo`lgan ona tilimizni mukammal bilishimiz, ajdodlarimiz qoldirgan ijodiy merosni avlodlarga qolishida hissamizni qo`sha olishimiz, shu yurt farzandiman deb atashimiz mumkin.