Версия для печати
05.11.2020 y.

O'tib borayotgan 2020 yilimiz — Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb e'lon qilingandi. Shu munosabat bilan, yil davomida IT sohasida kuchli kadrlar tayyorlash va ushbu yo'nalishni aholi o'rtasida ommalashtirish imkonini beradigan ko'plab loyihalar yaratildi va yaratilmoqda.

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Yoshlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil qilish borasida ilgari surilgan besh muhim tashabbusning aynan uchunchi yo'nalishi - aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan loyiha va tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Ushbu besh muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish borasida yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy-intellektual salohiyatlarini ro'yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o'yinlari kabi yo'nalishlarni yoshlar o'rtasida yanada ommalashtirish hamda bu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish belgilangan edi.

Bugungi kunga kelib bu kabi ezgu maqsadlarni ro'yobga chiqarish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan Navoiy viloyatinning Xatirchi tumanida joylashgan "O'zbekiston pochtasi" AJning Navoiy filiali tarkibidagi "Xatirchi" pochta aloqasi tarmog'iga qarashli binoda zamonaviy "Raqamli texnologiyalar o'quv markazi"ning foydalanishga topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbir sanitariya-epidemiologiya talablariga to'liq rioya etilgan holda tashkil etildi.

Mazkur o'quv markazidagi kompyuterlashtirilgan o'quv xonasida yoshlarga kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika asoslarini o'rgatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Tashkil etilayotgan o'quv kurslariga tuman hududidagi barcha o'rta maktablarning 5-11 sinflarida ta'lim olayotgan mingdan ortiq o'quvchilarini, shuningdek, uyushmagan yoshlarni jalb qilish hamda korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning AKT sohasidagi bilimlari va saviyasini oshirish rejalashtirilmoqda.