Версия для печати
18.11.2020 y.

1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i  to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilingan.

O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’ida juda katta ma’no-mazmunni mujassam etgan, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlangan, o’zida butun O’zbekiston ahlining asriy orzu-istaklarini, g’ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo’stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g’ururini mujassam etgan bayrog’imiz sayyoramizdagi barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovordir.

Bundan roppa-rosa 29 yil muqaddam O‘zbekiston deb atalmish osoyishta, erkin va farovon yurtning ona tabiatdan andoza olib ishlangan davlat bayrog‘i qabul qilingan edi.

Bugun bu bayroq faqatgina O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzi emas, u shu yurtda tug‘ilib, shu zaminning mehridan qonib yashayotgan barcha el-elatlarning tinchlik va ahillik timsoliga, qalblarni-qalblarga yaqinlashtiradigan, dillarni-dillarga ulaydigan vositaga aylangan.

Turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz a’zolari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham bayrog’imiz Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g’ururini yorqin aks ettirmoqda. Masalan, xalqaro sport bellashuvlarida g’alaba qozongan sportchilarimiz sharafiga yurtimiz bayrog’i baland ko’tarilgan lahzada har birimiz cheksiz hayajonga tushamiz, hech kimdan kam emasligimizdan g’ururlanamiz. Xulosa o’rnida aytish lozimki, davlatimiz bayrog’i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug’ kelajagimizga bo’lgan ishonchimiz timsolidir.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu muqaddas sana bilan qizg‘in muborakbod etadi. Ona yurtimizdagi tinchlik va osudalik hech qachon bizni tark etmasin azizlar!