Версия для печати
19.11.2020 y.

 

"O‘zbekiston pochtasi" AJ Bosh direktori v.b. Alisher Fayzullaev va Toshkent shahridagi Amiti universiteti direktori v.b. Bobur Abdullaevlar o‘zaro hamkorlik faoliyati to‘g‘risida shartnomani imzoladi.

Shartnoma doirasida tomonlar hamkorlikda innovasion siyosatni amalga oshirishda qatnashish hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining real tarmog‘iga joriy etish bo‘yicha innovasion mahsulotlar yaratish, yosh ixtirochilarni rag‘batlantirish niyatidalar. 

Toshkent shahridagi Amiti universitetining bitiruvchilari "O‘zbekiston pochtasi" AJ korxonalarida ishlash, talabalar esa amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘lishi kutilmoqda.

"O‘zbekiston pochtasi" AJ Axborot-kommunikasiya texnologiyalari hamda "AKT-menejmenti" sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida Toshkent shahridagi Amiti universitetining professorlari va o‘qituvchilarini jalb qiladi.

Tomonlar innovasion va yoshlar siyosatini amalga oshirish masalalari, shuningdek, o‘quv-uslubiy tavsiyalar va adabiyotlarni nashr etish bo‘yicha turli seminarlar, davra suhbatlari hamda konferentsiyalar o‘tkazishadi.