Версия для печати
01.12.2020 y.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “2020 yilda Buxoro shahri Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yil 27 noyabrdan “Buxoro – Islom olami madaniyati poytaxti” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasi 1ta kupondan va 1ta markadan iborat bo‘lib, zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Zanjirning kuponida maxsus logotip joylashgan bo‘lib, unda ingliz va arab tillarida “Buxoro – Islom olami madaniyati poytaxti” jumlasi bor, hamda Buxoro shahrining asosiy ramzlari hisoblangan Kalon minorasi va Mir Arab madrasasi siluetlari bilan boyitilgan. Shuningdek, pochta markasida ham logotipga mos ravishda Kalon minorasi va Mir Arab madrasasi binolari aks ettirilgan.

Pochta markasi va kupon bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasi va kuponning o‘lchamlari 52x37mm. Pochta markasining adadi 5 ming nusxadan. Dizayner – Mulla-Axunov D.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

 

1430

1430. “Buxoro - Islom olami madaniyati poytaxti” Nominali – 7300 so‘m