Increase size
Reset to Default
Decrease size
10.12.2020 y.

Yigʻilishda Jamiyatning ijroiy apparatidan Pochta xavfsizligi boʻyicha direktor, pochta xavfsizligi, personalni rivojlantirish va yuridik boʻlim mutaxasislari hamda jamiyat tarkibidagi filiallar direktorlari va ularning oʻrinbosarlari va filial mutaxassislari ishtirok etdilar.

Kun tartibida Jamiyat bosh direktori tomonidan tasdiqlangan hamda amalga kiritilgan yangi ichki hujjatlar ijrosi muhokama qilindi. Ushbu hujjatlar amalga kiritilishi natijasida pochta aloqasi ob’ektlarining barcha darajadagi rahbar xodimlari oʻz mehnat faoliyati jarayonida qat’iy amal qilishlari lozim boʻlgan ichki tartib taomillari, rahbar va xodimlarning oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisida, jamiyat tizimidagi pochta aloqasi ob’ektlarida odob-ahloq, mehnat nizosi va korrupsiyaga oid harakatlar va ular haqida xabar berish, ushbu xabarlarni qabul qilish, koʻrib chiqish, shuningdek, jamiyat ob’ektlarida korrupsiya holatlari kelib chiqishining oldini olish haqida soʻz bordi.