Increase size
Reset to Default
Decrease size
07.12.2020 y.

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilingan yilimizda IT sohasida kuchli kadrlar tayyorlash va ushbu yoʼnalishni aholi oʼrtasida ommalashtirish imkonini beradigan koʼplab loyihalar yaratildi va yaratilmoqda.

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʼlga qoʼyish boʼyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Yoshlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil qilish borasida ilgari surilgan besh muhim tashabbusning aynan uchunchi yoʼnalishi - aholi va yoshlar oʼrtasida kompьyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan loyiha va tashabbuslarni qoʼllab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Shuningdek, yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy-intellektual salohiyatlarini roʼyobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompьyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompьyuter oʼyinlari kabi yoʼnalishlarni yoshlar oʼrtasida yanada ommalashtirish hamda bu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish belgilangan edi.

Bugungi kunga kelib bu kabi ezgu maqsadlarni roʼyobga chiqarish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Xorazm viloyatinning Xonqa tumanida joylashgan “Oʼzbekiston pochtasi” АJning Xorazim filiali tarkibidagi “Xonqa” pochta aloqasi tarmogʼiga qarashli binoda soʼnggi texnologiyalar asosida jihozlangan zamonaviy “Raqamli texnologiyalar oʼquv markazi”ning foydalanishga topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.

Bugungi kunga kelib pochta binosi qayta taʼmirlangan va zamonaviy koʼrinishga keltirilgan boʼlib, aholi va ishchi-xizmatchilarga koʼpgina qulayliklar yaratilgan. Bu yerda aholi barcha turdagi pochta xizmatlari bilan birga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda 15 turdagi davlat xizmatlaridan ham foydalanishlari mimkin.

Tadbir sanitariya-epidemiologiya talablariga toʼliq rioya etilgan holda tashkil etildi.