Версия для печати
07.01.2021 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yil 30 dekabrdan “O‘zbekiston favvoralari” turkumiga bag‘ishlangan pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markasida Navoiy shahrining Islim Karimov ko’chasida joylashgan favvora tasvirlangan. Favvora o’zining milliy ko'rinishi bilan ajralib turadi. Pochta blokining yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘zbekiston favvoralari” yozuvi joylashgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta blokining o‘lchami 110x120mm, markaning o‘lchami 37x52mm. Adadi 5 ming nusxa. Dizayner – Kaneves Ye.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

1433. “ O‘zbekiston favvoralari”. Nominali – 6500 so‘m