Joriy yilning 18 yanvar kuni Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga bagʼishlangan videokonferentsaloqa tarzidagi davra suhbati tashkil etildi. Shuningdek, mazkur tadbirda Vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan bir qatorda “Oʼzbekiston pochtasi” АJ rahbarlari hamda boʼlim boshliqlari jamoaviy tarzda ishtirok etdilar.
Tadbirda soʼz olgan Oʼzbekiston davlat jahon tillar universiteti oʼqituvchisi Davron Muitov mavzu doirasidagi oʼz fikrlari bilan oʼrtoqlashdilar.
- Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan Farmon va Qarorlar, Murojaatnomalarning negizida Vatanimiz kelajagi boʼlgan farzandlarimizning baxtu iqboli, porloq kelajagini taʼminlash orqali mamlakatimiz taraqqiyotini jadal islohotlar bilan rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar deb bilaman deydi, - Davron Muitov.
Maʼruzachi tomonidan Murojaatnomada taʼkidlangan har bir bandga izoh berilib, dolzarb topshiriq sifatida yondashish zarurligi alohida qayd etildi.