Версия для печати
19.01.2021 y.

VIA “Yalla” 1970 yilda Toshkent teatr va rassomlik instituti qoshida havaskorlar jamoasidan tashkil topgan. VIA “Yalla” – bu 1970-1980 yillar Sovet musiqasining afsonasi hisoblanadi. O‘zbekistonda havaskor badiiy jamoalar sifatida tashkil etilgan ushbu guruh iste'dodli ijrochilar va badiiy rahbar Farrux Zakirov tufayli ommalashgan.

Guruhning uzoq yillik ijodi Sharqning an'anaviy etnik ohanglari va Markaziy Osiyo madaniyati she'riyatlari kiritilgan bo‘lib, ular zamonaviy musiqiy yo‘nalishlar bilan birgalikda “Yalla” ansamblini butun dunyoga mashg‘ur bo‘lgan noyob xalqaro loyihaga aylantirdi. XX asr o‘zbek estradasining ko‘zga ko‘ringan dastlabki guruhlaridan bo‘lmish “Yalla” ansambli butun dunyoga taniqlidir. 2020 yilda “Yalla” ansambli o‘zining 50 yosh yubileyini nishonladi.

Shu munosabat bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil 15 yanvardan “O‘zbekiston favvoralari” turkumiga bag‘ishlangan pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markasida Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarining obidalari fonida “Yalla” ansamblining jamoasi tasvirlangan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta blokining o‘lchami 90x80mm, markaning o‘lchami 42x30mm. Adadi 3 ming nusxa. Dizayner – Yusupaliyev U.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

1436. “YALLA ansambli 50 yoshda” Nominali – 8800 so‘m