Increase size
Reset to Default
Decrease size
20.01.2021 y.

Bugun Buxoro shahrida “Ozbekiston pochtasi” AJ Buxoro filialining Buxoro shahar markaziy aloqa bolimining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.

Taʼmirlangan va yangi korinishga ega zamonaviy pochta binosida aholiga sifatli xizmat korsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, jonatmalarni qisqa muddatlarda oz egalariga yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Buxoro filiali elektroskuterlar bilan taʼminlanganligini ham alohida taʼkidlab otish joiz.

Bugungi kunda pochta aloqasi obʼektlarida aholiga 15 turdagi interaktiv davlat xizmatlarini korsatish yolga qoyilgan. Davlat xizmatlari sifatli taqdim etish uchun esa Buxoro viloyatining tegishli pochta mutaxassislari maxsus tayyorgarlikdan otdilar.

Yil boshidan bank xizmatlarini korsatish ham pochta sohasiga kirib kelmoqda. Xususan, viloyatda 2 ta pochta aloqasi obʼektida sinov tariqasida AT “Aloqabank” bilan tuzilgan shartnomaga asosan kartalarni mablag bilan toldirish, naqd pullarni yechib olish kabi xizmatlar ham tashkil qilindi.