Версия для печати
09.02.2021 y.

Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligiga bag‘ishlab “O‘zbekiston pochtasi” AJ ва O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “O‘zbek хalq shoirlari” turkumiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi” pochta markasi tayyorlandi.

Pochta markasida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy hazratlarining portretlari aks ettirilgan. Pochta blokining hoshiyalarida Alisher Navoiyning “Xamsa” dagi “Layli va Majnun” hamda “Farxod va Shirin” asarlariga bag‘ishlangan miniatyuralardan lavhalar joy olgan. Atrofi chiroyli milliy naqshlar bilan bezatilgan va Alisher Navoiyning hayot yillari ko‘rsatilgan. Pochta blokining yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi” yozuvi joylashgan. Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan.