“O‘zbekiston pochtasi” АJ rahbariyati tomonidan Xorazm viloyatidagi tegishli huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat idoralari bilan hamkorlikda 2021-yil 11-fevral kuni viloyatdagi barcha shahar va tuman pochta aloqa bog‘lamalari hamda aloqa bo‘limlari boshliqlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda pochta aloqa tizimida pul mablag‘lari kamomadining kelib chiqishini oldini olish, korruptsiyaga qarshi kurashish, odob-axloq va pochta aloqasi xizmatlarining sifati yuzasidan bir qator masalalar muhokama qilindi.
O‘zkomnazoratning Xorazm viloyati hududiy inspektsiyasi xodimi tomonidan seminarda pochta aloqasi operatorlarining foydalanuvchilar oldidagi majburiyatlari bo‘yicha tushuntirishlar hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tavsiyalar berildi.