Increase size
Reset to Default
Decrease size
03.03.2021 y.

“O‘zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi doirasida joriy yilning 3 mart kuni “Pochta aloqasi obʼektlarida bank va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilayotganligi munosabati bilan pochta xodimlarining malakasini oshirish” mavzusida o‘quv mashgʼulotlari boshlandi.

O‘quv mashg‘ulotlari maxsus tasdiqlangan reja asosida 3-4 mart kunlari АT “Аloqabank” va “O‘zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyatining yuqori malakali mutaxassislari tomonidan ko‘rgazmali tarzdagi maʼruzalar asosida tashkil etilmoqda.

Mazkur malaka oshirish va o‘quv mashg‘ulotlarida “O‘zbekiston pochtasi” АJ Ijroiya apparati, filial va pochta bog‘lamalari rahbar xodimlari, mutaxassislari hamda xizmat ko‘rsatuvchi personallari videokonferentsaloqa tizimi orqali ishtirok etib o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitmoqdalar.