Increase size
Reset to Default
Decrease size
22.04.2021 y.

Joriy yilning 22 aprel kuni “O‘zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyatida Qozog‘iston Respublikasining “Kazpochta” aktsiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda “O‘zbekiston pochtasi” АJ rahbariyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yangi istiqboldagi rejalari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar jarayonida “Kazpochta” АJ rahbari Kanat Аlpsbaev, Pochta xizmatlari va elektron tijorat bo‘yicha o‘rinbosari Mark Devid Xyuz hamda “O‘zbekiston pochtasi” АJ Bosh direktori Аlisher Fayzullaev, Jamiyatning Ishlab chiqarish va Moliya bo‘yicha direktorlari hamda tomonlarning tegishli mutaxassislari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda tomonlar elektron tijorat orqali buyurtma qilingan tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha avval tuzilgan shartnomaga qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kelishuvni imzoladilar.

Shuningdek, “Kazpochta” AJ bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ yer usti transporti orqali o‘tkaziladigan pochta almashinuv davriyligini haftasiga ikki martadan besh martagacha oshirish, hamkorlikda axborot tizimlari orqali pochta jo‘natmalarini onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyatini yaratish, xalqaro pochta jo‘natmalarini, shu jumladan, yozma xat-xabarlar va posilkalarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish, xalqaro pochta jo‘natmalarini o‘zaro almashish jarayonida logistika yo‘nalishlarini hamkorlikda takomillashtirish kabi masalalarni muhokama etdilar.

Uchrashuv so‘ngida “Kazpochta” AJ bilan “O‘zbekiston pochtasi” АJ o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli kelishuv asosida tomonlar hududida faoliyat yuritib kelayotgan Internet-do‘konlaridan konsolidatsiyalangan pochta jo‘natmalarini jo‘natishni va ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalasi kelishib olindi.