Increase size
Reset to Default
Decrease size
30.04.2021 y.

Xurmatli aksiyadorlar!

“O‘ZBEKISTON POCHTASI” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining 2021 yil 12 apreldagi qaroriga asosan Jamiyat Ustav fondining miqdorini 28 575 000 000 so‘mga oshirish maqsadida nominal qiymati 1 905 so‘m bo‘lgan 15 000 000 dona egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz shakldagi qo‘shimcha aksiyalarning chiqariluvi Kapital bozorini rivojlantirish Agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 2021 yil 29 aprelda Q0817-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini ma’lum qilamiz.

Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga asosan Jamiyat aksiyalari aksiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqi taqdim etish bilan yopiq obuna orqali joylashtiriladi.

Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga asosan jamiyat aksiyadorlariga qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqi beriladi. Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati bildirishnoma e’lon qilingan paytdan e’tiboran 10 (o‘n) kun davomida amal qiladi.

Jamiyat aksiyalarini imtiyozli sotib olish huquqiga ega shaxslarning ro‘yxati 2021 yil 12 aprel xolatiga shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.

Qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalar 8 528 so‘mdan joylashtiriladi.

Aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqiga ega shaxslarga ushbu chiqarilishdagi aksiyalar 8 528 so‘mdan joylashtiriladi.

Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlar aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining ismi – sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni Jamiyatga yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqlidirlar. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Jamiyatga taqdim etilishi kerak.

Mazkur chiqarilishdagi aksiyalar uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.

Imtiyozli xuquqqa ega shaxslar tomonidan aksiyalar sotib olinayotganda to‘lovlar qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy valyutada amalga oshirilishi mumkin.

Imtiyozli xuquqning amal qilish muddatida aksiyalar uchun to‘lovlar faqat pul mablag‘lari bilan amalga oshiriladi. To‘lovlar jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul va naqdsiz (plastik kartalar), yuridik shaxslar tomonidan pul o‘tkazish yo‘li bilan naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.

Aksiyalar uchun milliy valyutadagi pul mablag‘lari Jamiyatning 2021 0000 9001 5526 6001 hisob raqamiga, AQSH dollaridagi pul mablag‘lari Jamiyatning 2021 0840 0001 5526 6001 hisob raqamiga, Yevrodagi pul mablag‘lari Jamiyatning 2021 0978 2001 5526 6002 hisob raqamiga, Rossiya rublidagi pul mablag‘lari Jamiyatning 2021 0643 8001 5526 6002 hisob raqamiga qabul qilinadi. Bank nomi – Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” (AT «Aloqabank») Amaliyot boshqarmasi, Bank kodi – 00401, SWIFT kodi - JSCLUZ22, Bank STIRi – 200 829 053, Bank manzili – 100 047, Toshkent shahri Mirobod tumani Amir Temur shox ko‘chasi, 4-uy.

«O‘ZBEKISTON POCHTASI» AJ aksiyadorlari imtiyozli olishga xaqli bo‘lgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:

A / 8 013 450 = B;

15 000 000 * B = C;

Bunda: 8 013 450 – Jamiyat ustav kapitalidagi oddiy aksiyalar soni;

15 00 0000– qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalar umumiy soni;

A – aksiyadorning Jamiyat ustav kapitalidagi oddiy aksiyalari soni;

В – Jamiyat ustav kapitaligagi jami oddiy aksiyalarga mutanosib ravishda oddiy aksiyalar soni;

C – imtiyozli xuquq qo‘llanilganda aksiyador tomonidan sotib olinadigan aksiyalar soni.

Qoldiq xosil bo‘lgan xollarda, qoldiq son 5 (besh) ga teng va undan ortiq bo‘lsa ko‘paygan tomonga, 5 (besh) dan kam bo‘lsa kamaygan tomonga butlanadi.

Aksiyadorlar, qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun jamiyatning aksiyadorlar bilan koroprativ munosabatlar bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 71 233-79-98