Hozirgi kunda, “O‘zbekiston pochtasi” АJ tomonidan 200 dan ortiq elektroskuterlar xarid qilinib, tizimdagi pochta tashuvchi xodimlarga yetkazib berildi. Elektroskuterdan foydalanilgan holda pochta jo‘natmalari, davriy matbuot nashrlar va boshqa jo‘natmalarni oluvchilarga o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Аvvallari pochta tashuvchilar tomonidan ushbu jo‘natmalarni oluvchilarga 1-2 kun ichida yetkazib berilgan bo‘lsa, hozirgi kunda esa elektroskuterlardan foydalanish natijasida 3-4 soat ichida oluvchilarga yetkazib berilmoqda. Bu o‘z navbatida pochta tashuvchilarning uzog‘ini yaqin qilishga, og‘irini yengil qilishga hamda vaqtlari tejalishiga olib kelinmoqda.