Версия для печати
05.07.2021 y.

Bundan 29 yil oldin 1992 yil 2 iyulida Davlat gerbi to‘g‘risida qonun qabul qilingan edi. Ushbu ramz ko‘p asrlik tarix va milliy anʼanalar asosi, bugun va kelajakning timsolidir. Har bir vatandoshimiz uchun mustaqil O‘zbekistonimiz gerbi cheksiz g‘urur manbai hisoblanadi.

Mamlakat taraqqiyoti hamda unung barqarorligida davlat ramzlarining alohida o‘rni bor. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini qabul qilinganligining 29 yilligini nishonlash maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” АJ tomonidan joriy yilning 5 iyul kuni soat 16:00 da Jamiyat Markaziy ijroiya apparati xodimlari uchun “Davlat gerbi – mustaqillik timsoli” shiori ostida maʼnaviy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida o‘rni borligi, davlatimiz gerbining qabul qilinish jarayonlari, uning hayotimizda tutgan o‘rni haqida maʼruza qildilar.

Mazkur maʼnaviy tadbirda Jamiyatning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha direktorlari, departament, bo‘lim va xizmat boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etdilar.