Версия для печати
15.07.2021 y.

Joriy yilning 14 iyul kuni “O‘zbekiston pochtasi” АJda koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ko‘rilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan videokonferensaloqa shaklida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi va Yunusobod tuman bo‘limi epidemiolog shifokorlari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida Sanepidxizmat shifokorlari tomonidan aholi orasida, jumladan, pochta aloqasi ob’ektlarida ishlovchi xodimlarda koronovirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ko‘rilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, Sanepidxizmat shifokorlari virusga qarshi vaksina turlari va ular bilan emlanishning afzalligi to‘g‘risida tushuntirishlar va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Jamiyat ijroiy apparati va hududiy filiallar rahbar xodimlari vaksina qabul qilish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Sanepidxizmat mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar va tushuntirishlar oldilar.

Uchrashuv yakunida hududiy filial direktorlariga pochta aloqasi ob’ektlari xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash, pochta xodimlari orasida koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida sohada faoliyat yurituvchi barcha xodimlarni koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanishi zarurligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.