Shaharda birinchi bo'lib 8 gektar maydonga ega bo'lgan botanika bog'i 1922 yilda Turkiston general-gubernatorligi bog'i hududida tashkil etilgan.
Hozirda botanika bog'i, 80 gektar maydonga ega bo'lib, 1950 yilda tashkil etilgan. Rasmiy nomi - akademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog'i.
1993-2004 yillarda Toshkent botanika bog'i alohida muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomiga ega edi. 1998 yilda Botanika instituti va Botanika bog'i yagona ilmiy muassasaga birlashtirildi.
O'simliklarni O'zbekistonga olib kirish, shuningdek mahalliy o'simliklarni ko'chirish bo'yicha ilmiy izlanishlar Toshkentning Botanika bog'i bilan bog'liq. Iqtisodiy jihatdan foydali turlar aniqlanib, floraning yangi vakillarini madaniyatga joriy etish ishlari olib borilmoqda. Noyob va yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan, etishtirish qiyin bo'lgan turlarga, shuningdek, dorivor, gullar va manzarali o'simliklarga e'tibor qaratiladi.
Bog'ning kollektsiyasida o'simliklarning 6000 turi, shakli va navlari mavjud.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil 29 iyundan “Toshkent Botanika bog'i” nomli pochta markalari muomalaga kiritildi.
Turkum 4 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, kichik varaq ko‘rinishida chop etigan. Pochta markalarida Toshkent botanika bog'ida o‘stiriladigan o‘simliklar tasvirlangan. O'simliklarning nomlari lotin tilida berilgan.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchamlari 30x42mm. Kichik varaqning o‘chami 154x70mm.Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Rasmlar muallifi va dizayner – Zakirov X.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan
№1442 | №1443 | №1444 | №1445 |
1442. Pyracantha coccinea Nominali – 3800 so‘m
1443. Primula fedtschenkoi Nominali – 5900 so‘m
1444. Fritillaria karelinii Nominali – 7600 so‘m
1445. Hydrangea macrophylla Nominali – 11500 so‘m