Версия для печати
21.08.2021 y.

Xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan milliy qadryatlaridan biri boʼlgan hashar zamirida ona yurtga muhabbat, chin insoniylik, mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi fazilatlar mujassam. Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.

Respublikamizda joriy yilning 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga asosan, butun mamlakat bo‘ylab umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazildi.

“O'zbekiston pochtasi”AJ da ham hashariga o‘zgacha hozirlik ko‘rildi. Mazkur tadbir bahona jamiyat va uning tarkibidagi binoning ichki va tashqi hududlarida obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash ishlari bajarildi. Mazkur tadbirda jamiyat xodimlari alohida namuna ko‘rsatib, jamiyatning kirish yo‘laklari va ko‘cha hududlarida uyushqoqlik bilan hasharida qatnashdilar. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarga shakil berish ishlari sifatli tashkil etildi.