O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatning iqtisodiy qudratini mustahkamlash va Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi xizmatlari uchun 500 dan ortiq davlat xizmatchilari, tadbirkorlar va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
Farmonga muvofiq, «O‘zbekiston pochtasi» AJning Samarqand filiali, Samarqand pochta aloqasi bog‘lamasiga qarashli 24-aloqa bo’limi pochtachisi – Djabborov Kuvandik Yashuzokovich ham «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi. Mazkur mukofot O’zbekiston Respublikasi davlat rahbarining Pochta sohasiga ko’rsatayotgan yuksak e’tibori mahsulidir.
Djabborov Kuvandik Yashuzokovich 38 yillik ish tajribasiga ega bo’lib, oʼzining mehnatsevarligi, o’z ishini vijdonan bajarishi bilan mehnat jamoasi orasida katta hurmat-eʼtibor qozongan bo'lib, 1986 yildan buyon pochta tizimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
«O‘zbekiston pochtasi» AJ jamoasi Djabborov Kuvandik Yashuzokovichni kelajakdagi ish faoliyatiga ulkan zafarlar tilab, mukofot bilan chin dildan muborakbod etadi!