Версия для печати
30.08.2021 y.

Hozirda foydalanishda boʼlgan Samarqand shahar pochta aloqa bogʼlamasi ob’yekti - tarixiy va madaniy yodgorlik sifatida davlat hisobi va muhofazasiga olingan hamda YUNESKOning Butunjahon merosi roʼyxatiga kiritilgan.

 

Ushbu bino taʼmirtalab holatga kelganligi sababli, mazkur tarixiy obida hisoblangan binoni shaharsozlik talablari asosida kapital taʼmirlash uchun madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh boshqarmasining Samarqand viloyati Davlat inspektsiyasi bilan kelishilgan holda, 2021-yil yanvar-fevral oyida loyiha smeta hujjatlari tayyorlanib jamiyat boshqaruviga taqdim qilindi.

 

Mazkur loyiha hujjatlari asosida joriy yil iyun oyida binoda qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilib, bugungi kunda barcha qulayliklarga ega holda Oʼzbekiston Respublikasininging mustaqilligini 30 yillik bayrami toʼyiga toʼyona sifatida ochilish tadbirlari oʼtkazildi.

Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Xo’jamberdiev Dilmurod Erkinovich, O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasining, Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi boshlig’i Raxmatov Komil Tolipovich, “O‘zbekiston pochtasi” AJning Samarqand filiali direktori va o’rinbosarlari, soha korxona rahbarlari hamda sohada ishlagan mehnat faxriylari, Samarqand shahar hokimligi mas’ul rahbari hamda shahar aholisi ishtirok etishdi.