Increase size
Reset to Default
Decrease size
16.09.2021 y.

Joriy yil 7-13 sentabr kunlari jamiyatning Namangan, Farg‘ona, Andijon hududiy filiallari xodimlarini elektron tijorat bo‘yicha malakalarini oshirish va “Unisavdo” onlayn savdo maydonchasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, o‘quv-seminarlari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv-seminar hozirgi kunda yurtimizda va jahonda elektron tijoratning rivojlanishi, uning jamiyatda tutgan o’rni va imkoniyatlari yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, joriy yil 1 fevral sanasidan “Unisavdo” onlayn savdo maydonchasi faoliyati yo’lga qo'yilganligi va hozirgi kunda uni yanada rivojlantirish lozimligi ta’kidlandi.

Oʻquv-seminari yakunida “Unisavdo” onlayn savdo maydonchasiga tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni joylashtirishni yanada kengaytirish va savdo hajmini oshirishni ta’minlash masalalari yuzasidan o’zaro fikr almashildi

.