Версия для печати
22.09.2021 y.

Xalqaro pochta jo’natmalarini amalga oshirish uchun bojxona deklaratsiyasini oynlayn rejimda rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Siz ushbu hujjatni pochta.uz saytidagi "Elektron bojxona deklaratsiyasini to'ldirish" bo'limi oraqli oldindan rasmiylashtirishingiz mumkin.

Bojxona deklaratsiyasi quydagi tartibda to’ldiriladi:

1. Posilka qaysi manzildan yuborilayotgani haqida ma'lumotlarni kiriting;

2. Posilka qaysi manzilga yuborilayotgani haqida ma'lumotlarni kiriting;

3. Posilka tarkibi haqida ma'lumotlarni to’ldiring;

4. Ushbu bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligini tasdiqlang. Ushbu yuk xavfli emasligi, pochta va bojxona qonun-qoidalariga zid emasligini tasdiqlang;

5. Oxirida siz deklaratsiyangizning identifikatori ko'rsatilgan kvitansiyani olasiz. So’ng deklaratsiya identifikatorini yozib olishingiz va uni pochta bo'limi xodimiga taqdim etishingiz lozim.