Increase size
Reset to Default
Decrease size
08.10.2021 y.

2021-yil 7-oktabrda Butunjahon pochta ittifoqining 27-Kongressida mintaqaviy hamdo'stlik aloqa ma'muriyatlarining aloqa sohasidagi ishlari natijalariga bag'ishlangan veb-seminar bo'lib o'tdi. Veb-seminar kompaniya markaziy apparati mutaxassislari va filiallar direktorlarining birinchi o'rinbosarlari hamda pochta bo'limlari boshliqlari ishtirokida o'tkazildi.

Quyidagi mavzularda hisobotlar tinglandi:

- Butunjahon pochta ittifoqining 27-kongressida qabul qilingan qarorlar;

- Butunjahon pochta ittifoqi Xalqaro byurosi bosh direktori va uning o'rinbosari lavozimiga o'tkazilgan saylovlar;

- ma'muriy va pochta operatsiyalari kengashi a'zolarini saylash;

- a'zo davlatlar tomonidan imzolangan Butunjahon pochta ittifoqining aktlari;

- Butunjahon pochta ittifoqining 28-Kongressi 2025-yilda Dubayda o'tkazilishi to'g'risida qaror qabul qilingaligi              haqida.