Версия для печати
21.10.2021 y.

Dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud bo’lib, bundan 200 tasigina davlat tili sifatida tasdiqlangan. Davlat tili sifatida tan olingan tillar ro'yxatida o'zbek tili ham o’rin olgan. 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilingan. Shuningdek, 1992-yil 7-dеkabrda O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashi sеssiyasida qabul qilingan O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida “o‘zbеk tili” davlat tili maqomiga ega ekanligi qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan.

Shu sababli har yili 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan joylarda adabiy yig’ilishlar, o’zbek tilining rivojiga hissa qo’shib kelayotgan o’zbek tili fidoiylari ishtirokida asarlar taqdimotlari, o’zbek tilimiz boy adabiy me’rosimiz mavzularida tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “O'zbekiston pochtasi” AJ yurtimiz aholisini o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi bilan muborakbod etadi!