Версия для печати
28.10.2021 y.

2021-yi 27-oktabr kuni Facebook ijtimoiy tarmog’iga Yunusobod tumanida ko’plab pochta aloqa bo’limlari tamirlanayotgani sababli yaxshi holatda emasligi haqida murojaat posti joylanggan. Ushbu postga javoban “O’zbekiston pochtasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini koʼrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ 4921 sonli qarorning 16-ilovasiga asosan 2021-yilda Toshkent shahrining Sergeli, Mirzo Ulugʼbek va Yunusobod tumanlaridagi pochta aloqasi binolarini ta’mirlab, zamonaviy ko’rinishga keltirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi” ishlab chiqilgan.

Yunusobod tumanida joylashgan 9, 17, 53, 58, 84, 93, 99, 114, 180, 190, 194, 206-pochta aloqa bo‘limlarida ta’mirlash ishlari ayrim texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan edi. Bugungi kunda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda barcha sabablar bartaraf etilib, taʼmirlash ishlari qaytadan boshlangan. Tez orada qulay va zamonaviy pochta bo‘limlari mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Ta'mirlash ishlari sababli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzur so’raymiz.