Версия для печати
26.10.2021 y.

“Oʼzbekiston pochtasi” АJ Namangan filiali Norin tuman pochta aloqasi bogʼlamasi “Tanqidlar Uz” telegram kanalida eʼlon qilingan maqola boʼyicha quyidagilarni maʼlum qiladi.

Uchqoʼrgʼon tumanlararo Fuqarolik ishlari boʼyicha Sudi tomonidan 2021-yil 13-oktabr kuni Norin tumani Xaqqulobod shahri, Yaydoq MFY, Tulpor koʼchasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.X nomiga yuborilgan 274-sonli buyurtma xati, Norin tumaniga 15-oktabr kuni kelib tushgan.

Mazkur xat pochtalion tomonidan joriy yilning 16-oktabr kuni manzili boʼyicha olib borilganda oluvchining uyi berk boʼlganligi, xabarnomani tashlab ketish uchun uy oldida pochta qutisi mavjud boʼlmaganligi sababli xabarnoma qoldirish imkoniyati boʼlmagan.

Shu sababli mazkur xat 21-oktabr kuni taxminan soat 15:00 lar atrofida fuqaro X.M vaqtincha uyida boʼlmaganligi, yaʼni ishda boʼlganligi sababli uning akasi O.E ga topshirilganligi aniqlandi.