Версия для печати
26.11.2021 y.

“O‘zbekgidroenergo” АJ mamlakatimizda gidroenergetika salohiyatini yanada rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, gidroenergetika salohiyatini kompleks o‘zlashtirish asosida gidroenergetika sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida respublikadagi yagona tashkilot hisoblanadi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil 22 noyabrdan “O‘zbekiston gidroelektrostansiyalari” nomli pochta markalari muomalaga kiritildi.

Turkum kichik varaq ko‘rinishida chop etilib, 9 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston gidroelektrostansiyalari tasvirlangan.

Kichik varaqning yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘zbekiston gidroelektrostansiyalari” yozuvi hamda “O‘zbekgidroenergo” АJ logotipi joylashgan, shuningdek ularga maxsus klyasserlar ham tayyorlangan.

Pochta markalar va kichik varaq bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52x37 mm. Kichik varaqning o‘lchami 200x173 mm. Kichik varaqning adadi 2 ming nusxa. Dizayner – Yusupaliyev U.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

1506. Ohangaron GESI Nominali – 4150 so‘m

1507. Tuyabo‘g‘iz GESI Nominali – 4150 so‘m

1508. Qamchiq GESI Nominali – 4150 so‘m

1509. Katta Farg‘ona kanali GES Nominali – 5600 so‘m

1510. “O‘zbekgidroenergo” AJ Nominali – 5600 so‘m

1511. To‘polon suv ombori Nominali – 5600 so‘m

1512. Zarchob GESI Nominali – 9500 so‘m

1513. To‘polong GES Nominali – 9500 so‘m

1514. Qodiriya GESI Nominali – 9500 so‘m