Версия для печати
15.12.2021 y.


Joriy yilning 14-dekabr sanasida Hyatt Regency mehmonxonasining anjumanlar zalida "Oʻzbekiston pochtasi" AJ "Yangi imkoniyatlar kuchi" nomli rebrending taqdimot marosimini oʻtkazdi.

“O’zbekiston pochtasi” nomi “Uzpost” ga o’zgardi!

Tadbirda jamiyatning yangi brend nomi — Uzpost, logotipi, unga doir ranglar va rebrending oʻtkazishdan maqsad va kutilayotgan natijalar haqida bayon qilindi. Tadbirda pochta logistikasi tubdan isloh qilinib 2021-yil ohiriga qadar to’liq ishga tushirilishi, yangilangan sodda logistika mijozlarga qanday imkoniyatlat berishi, jarayonlarni optimizatsiya qilish va pochta joʻnatmalarini rasmiylashtirish bosqichlarini qisqartirishda katta ahamiyatga ega ekanligi haqida gap bordi. Yangi tizim orqali endilikda jo’natmani mijoz qo’lidagi uyali aloqa vositasi orqali veb-sayt, ilova yoki telegram bot orqali istalgan joydan turib rasmiylashtirishi mumkin. Ushbu logistika mijozlarga o’z jo’natmalarini qayerda va qaysi bosqichda ekanligini uydan chiqmagan holda mobil aloqa vositasidagi bot, sayt va havola orqali kuzatib borishga imkon beradi.

 

Rebrending doirasida Uzpostning yangi sayti — post.uz ham ishga tushirish koʻzda tutilgan. Sayt zamon talablariga mos ravishda dasturlangan. Yangi saytga Uzpost logotipi hamohang boʻlgan dizayn tanlangan. Sayt orqali Uzpostning interaktiv xizmatlarini onlayn amalga oshirish imkoniyati mavjud boʻladi. Hozirgi kunda saytni takommillashtirish ishlari olib borilmoqda. Saytning test rejimidagi ko'rinishi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://post.uz/

15% pochta bo’limlari to’liq rekonstruksiya qilinib, mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatishni boshladi. Shuningdek, 2022-yil boshida “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan Toshkent, Buxoro, Xorazm va Asaka shaharlarida 4 ta fulfilment markazlari ishga tushiriladi. 2025-yilga qadar mamlakat boʻylab avtomatlashtirilgan fulfilment markazlari soni 30 tagacha yetkazilishi reja qilingan.

Tadbirdan soʻng yegʻilgan mehmonlar pochtaning yangi qiyofasi va koʻzlangan maqsadlar haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.

Tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir ommaviy axborot vositalari, jamiyat aksionerlari, vazirliklar va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi.