Версия для печати
23.12.2021 y.

HURMATLI AKSIYADOR!

 

“O‘zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi 2022 yil 13 yanvar kuni soat 11:00 da masofadan turib elektron ovoz berish tizimi www.evote.uz orqali o‘tkaziladi.

Aktsiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09:00 dan 11:00 gacha amalga oshiriladi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun jamiyat aktsiyadorlari reyestri 2022 yil 9 yanvar holatiga tuziladi.

Jamiyatning elektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. .

 

Yig'ilish kun tartibi:

1. “O‘zbekiston pochtasi” AJ aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida.

Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aktsiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.

Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishda qatnashish va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha masofadan turib ovoz berish uchun id.gov.uz da belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Elektron ovoz berish www.evote.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma‘lumot va hujjatlar bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh ofisida ushbu e‘lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha yoki www.evote.uz veb-sayti orqali tanishish mumkin.

Ma‘lumot uchun telefon: +998 71 232-00-33

Jamiyat Kuzatuv kengashi