Increase size
Reset to Default
Decrease size
01.11.2021 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJda monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy etilishi va 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

HISOBOTI

Vazirlikning 2021 yil 5 martdagi 122-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jamiyatda 2021 yilda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktabrdagi 6096-son Farmoni yuzasidan tasdiqlangan “O‘zbekiston pochtasi” AJni tranformatsiya qilish bo‘yicha “YO‘L XARITASI” tasdiqlangan bo‘lib, Jamiyatda Korrupsiyaga qarshi xizmatlar va “Muvofiqlik tizimi” (komplaens) shakllanishini ta’minlash maqsadida, Jamiyat aksiyadorlarining 2021 yil 7 yanvardagi navbatdan tashqari o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishida Jamiyat tashkiliy tuzilmasida komplaens bo‘limi tashkil etildi.

Mazkur xizmat Jamiyatda monopoliyaga qarshi komplaens tizimi bo‘yicha ham mas’ul bo‘lim sifatida belgilangan.

Vazirlikning 2021 yil 5 martdagi 122-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jamiyatning 2021 yil 16 martdagi 80-son buyrug‘i tasdiqlandi.

Jamiyatning mazkur bo‘yrug‘iga binoan “Monopoliyaga qarshi qarshi komplaens tizimini joriy etish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”” ishlab chiqildi.

Jamiyatda ““O‘zbekiston pochtasi” AJda monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi to‘g‘risida NIZOM” ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur Nizom talablari asosida ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shuningdek, Jamiyatda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lgan hujjatlar aniqlanmadi.

Jamiyatning Monopoliyaga qarshi komplaens to‘g‘risidagi hisoboti www.pochta.uz saytiga joylashtirildi.