Версия для печати
07.03.2022 y.

Bundan 85 yil avval, 26 aprelda – buyuk o‘zbek xonandasi, O‘zbekistonda estrada san’atining asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zakirov (1936-1985) – tug‘ilgan.

Dastlab konservatoriya, so‘ngra Toshkent davlat teatr san’ati institutida tahsil olgan B.Zakirov nafaqat qo‘shiqchilik, balki rejissyorlik mahoratini ham puxta egalladi. Shu bilan birga, u serqirra va mehnatkash shaxs sifatida she’riyat, tasviriy san’at va aktyorlik san’atida katta muvaffaqiyatlarga erishdi, rus yozuvchilarining qator asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.

Taniqli kompozitorlar – Ikrom Akbarovning “Ra’no”, “G‘azli”, “Mening yorim”, Mutal Burxonovning “Maftuningman”, Enmark Solihovning “Umid” qo‘shiqlarini kuyladi. B.Zakirov ham o‘zining bir qancha she’rlariga musiqa bastalab, tomoshabinlarga taqdim etdi.

Botir Zakirov nafaqat milliy kompozitsiyalar, opera ariyalari, balki boshqa xalqlarning qo‘shiqlarini ham mahorat bilan ijro etgan. E’tiborlisi, u har bir qo‘shiqni o‘ziga xos tilda kuylagan, unda millatga xos xususiyatlarni mahorat bilan bera olgan. Xususan, iste’dodli xonanda ijrosidagi “Arab tangosi” xalqimizning eng sevimli qo‘shiqlaridan biriga aylandi.

Ma’lumki, xalq ruhi, xarakteri san’atkorlar, jumladan, xonanda va sozandalar ijodida ham namoyon bo‘ladi. Botir Zakirov o‘zining go‘zal ovozi, iste’dodi va ijodi bilan milliy musiqa san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shdi. Qolaversa, u o‘zbek estradasini butun dunyoga tarannum etganlardan biri edi.

Bu serqirra shaxsning ijodi haqida cheksiz gapirish mumkin. B.Zakirovning mazmunli va samarali ijodiy faoliyati zamonaviy yoshlar uchun katta hunarmandchilik maktabidir. U nafaqat ajoyib ijrochi, balki aktyor, rassom, dramaturg, shoir va faylasuf ham edi. Uning maftunkor ovozi hech kimni befarq qoldirmadi. U bor-yo'g'i 49 yil yashadi, ammo beqiyos estrada ustasining shon-sharafi abadiy uning nomi bilan bog'liqdir.

2021-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Shu munosabat bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 4 martdan “Botir Zakirovning 85 yilligi” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasida Botir Zakirov portreti tasvirlangan. Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 52x37mm. Adadi 5 ming nusxa. Dizayner – Yusupaliyev U.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

1529. “Botir Zakirovning 85 yilligi” Nominali – 9200 so‘m