Версия для печати
07.03.2022 y.

Yosh davlatimizning o‘ta og‘ir shakllanish yillarida aynan Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch hayoti va farovonligini ta’minlash, demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilganini barchamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

2022 yil 14 yanvar - Vatan himoyachilari kunida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi yurtimizda va soha xodimlari orasida keng nishonlandi. Prezident farmoni bilan "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil" esdalik nishoni ham ta'sis etildi.

Shu munosabat bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 4 martdan "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil" nomli pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasida tilla rangdagi doira ichida quyosh nurlari fonida ot mingan Amir Temur haykali tasvirlangan. Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 52x37mm. Adadi 5 ming nusxa. Dizayner – Yusupaliyev U.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

1530. «30 лет Вооруженным Силам Республики Узбекистан» Номинал – 5 900 сум