Версия для печати
14.02.2022 y.

Koronavirus sabab 2020 yilda Tokio shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Olimpiya o‘yinlari 2021 yilning 23 iyuldan - 8 avgustga qadar o‘tkazildi.

Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan o‘zbekistonlik atletlar 3 ta oltin va 2 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida 32-o‘rinni egalladilar.

Shu munosabat bilan, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan 5 ta medal sovrindorlari, chempionlarga bag‘ishlab pochta markalari chop etildi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022-yil 10-fevraldan muomalaga kiritildi.

Pochta markalarida chempionlar - Аkbar Jurayev (og‘ir atletika), Bahodir Jalolov (boks), Bekzod Аbduraxmanov (erkin kurash), Ulug‘bek Rashitov (taekvondo), Davlat Bobonovlar (dzyudo) fotosuratlari tasvirlangan va O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining logotipi joylashgan. Kuponda Tokio shahrida o‘tkazilgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining yili va sanalari ko‘rsatilgan.

Pochta markasi kichik varaq ko‘rinishida chop etigan. Unda 5 ta marka va 1 ta kupon joylashgan. Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52x37mm. Kichik varaqning o‘chami 150x70mm. Pochta markaning adadi 5000 nusxa. Dizayner – Kaneves Ye.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan

1517. Bahodir Jalolov (boks) Nominali – 3800 so‘m

1518. Akbar Jo‘rayev (og’ir atletika) Nominali – 3800 so‘m

1519. Ulug‘bek Rashitov (taekvando) Nominali – 5700 so‘m

1520. Bekzod Abdurahmanov (erkin kurash) Nominali – 5700 so‘m

1521. Davlat Bobonov (dzyudo) Nominali – 5700 so‘m