Increase size
Reset to Default
Decrease size
24.03.2022 y.

2022-yil 24-mart kuni mijozlar hamda xodimlar o’rtasida kitob mutolasini targ’ib qilish maqsadidda “O’zbekiston pochtasi” AJ “Toshkent pochtamti” filialining amaliyotlar zalida “G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” MChJ bilan hamkorlikda kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.

Ko’rgazma mijozlarda yaxshi taassurotlar qoldirdi. Unda jahon hamda o’zbek adabiyotiga doir sara asarlar namoish etildi. “Toshkent glavpochtamti” filialiga tashrif buyurgan mijozlar ko’rgazmaga katta qiziqish bildirdilar, o’zlariga ma’qul kelgan asarlarni harid qildilar.