Increase size
Reset to Default
Decrease size
21.03.2022 y.

Tadbir O'zbekiston  Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini  rivojlantirish vazirligi vakillari,  “O'zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashi a'zolari, jamiyat tarkibida ishlab ketgan rahbarlar, mehnat faxriylari va xozirgi kunda faoliyat olib borayotgan xodimlar, hamkor tashkilotlardan kelgan mehmonlar ishtirokida bo’lib o’tdi.

 

 

"Mustaqil O'zbekiston davridagi O'zbekiston pochtasining 30 yilligini nishonlayabmiz. Aloqa sohasidagi eng qadimiy xizmat turi bu — pochta. Undan keyn telefon, telekommunikatsiya uskunalari, mobil aloqalar, axborot texnologiyalari sohaga kirib kelishni boshladi. Shunday ekan sizlar eng qadimiy kasb egalarisiz. Bugun sizlarni manashu ajoyib tadbirda ko'rib turganimdan xursandman. Ushbu aloqa sohasini rivojlantirishga qanday qiyinchiliklar bilan bo'lsa-da harakat qilib kelinmoqda. Atrofda bo'layotgan har qanday o'zgarishgarga qaramay faqat oldinga intilib kelayotganingiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiraman. Ishlaringizga faqat muvaffaqiyatlar tilayman!

 

 

Nafaqat qadimiy aloqa sohasida, balki zamonaviy xizmatlarni integratsiya qilib aholini rozi qiladigan,  yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek inson qadrini yuksaltiruvchi loyihalarni amalga oshirishingizni tilab qolaman. Bu borada amalga oshirilajak loyihalardan umidimiz katta." — deya O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Xotamovich Shermatov tadbirni ochib berdi. 

 

 

Undan soʼng pochta sohasida ko'p yillar ishlayotgan va o'z samarali mehnati bilan sohaga hissa qo'shgan 28 nafar pochta xodimlariga O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini  rivojlantirish vaziri tomonidan vazirlikning mukofot va guvohnomalari topshirdi.

 

 

Tadbir davomida 3 nafar xodimga Oʼzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ishanxodjaev Asror Aslanovich tomonidan "Ehtirom" nishonlari topshirildi. 

 

 

  Tadbir so'ngida  "O'zbekiston pochtasi"  AJ rahbariyati tomonidan samarali mehnati bilan pochta sohasiga hissa qo'shgan bir qator mexnat faxriylari faoliyatini e'tirof etish maqsadida ularga qimmatbaho sovg'alar berildi. 


 

 

Tantana kuy-qoʼshiq, oʼyin-kulgu bilan davom etdi. “O'zbekiston pochtasi” AJ tashkil etilganligining 30 yilligi va “Navro'z” umumxalq bayrami tadbirlari viloyatlarda ham davom etadi.