Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik masalalari, jumladan, elektron tijoratni rivojlantirish, logistika yechimlarini ishlab chiqish, pochta joʻnatmalari modelidan foydalanish, C2C pul oʻtkazmalarini pochta kanallari orqali almashish boʻyicha mavjud qoʻshma ishchi guruhlar doirasida hamkorlikni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida yangi zamonaviy pochta xizmatlari koʻrsatish boʻyicha tajriba almashish borasida kelishuvga erishildi.