Версия для печати
11.05.2022 y.

Bugun UzPost kompaniyasi xodimlari donorlik uchun beg’araz qon topshirdilar.

 

 

Zamonaviy tibbiy yordamning hech bir turi donorlik qonini qo'llash kabi aholining qo'llab- quvvatlashiga muhtoj emas. Donor qoni va uning komponentlari noyob bo'lib, ularni o'rnini birorta dori vositasi bosa olmaydi. Jarrohlik muolajalari, onkologik kasalliklar, avtohalokat, kuyish, chaqaloqlardagi gemolitik kasallik, tug'riqdan keyingi asoratlar kabi og'ir holatlarda donorlik qoniga muxtojlik seziladi va yashab qolishning yagona yo'li donorlik qonini qabul qilish bo'lishi mumkin.

2020-yil 10-fevraldagi PQ-4592-sonli “O'zbekiston Respublikasi gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologiya va davolash qiyin bo'lgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorga binoan joriy yilning 11-may sanasida UzPost kompaniyasida donorlik aksiyasi bo’lib o’tdi. Unda Kompaniya xodimlari o’z ixtiyorlari bilan faol ishtirok etib beg’araz qon topshirdilar.