Версия для печати
13.05.2022 y.

442-sonli “Nilufar” Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida UzPost homiyligida o’rnatilgan yangi bolalar o’yingohining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 12-may sanasida 442-sonli “Nilufar” Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida UzPost homiyligida o’rnatilgan yangi bolalar o’yingohining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda KTIDMTM xodimlari, tarbiyalanuvchilar, ularning ota-onalari, “Marvarid” raqs ansambli hamda UzPost jamoasi ishtirok etdilar.

 

 

Tadbir avvalida tarbiyalanuvchi bolajonlar o’z chiqishlarini namoyish etdilar. So’ngra “Marvarid” raqs ansamblining musiqali chiqishlari havola etildi. Sahna ko’rinish so’ngida 442-sonli Toshkent shahar “Davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti” rahbari Gulshoda Sabirovna UzPost jamoasi hamda “Marvarid” raqs ansambliga o’z minnatdorchiliklarini bildirdi.

 

 

 

Undan so’ng yangilangan o’yingohning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Bolajonlarning ko’zidagi quvonchidan ularning qanchalar mamnun ekanliklari yaqqol sezilib turardi. 442-sonli Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti imkoniyati cheklangan, zaif eshituvchi, ruxiy rivojlanishi cheklangan hamda nutqida ogir nuqsonlari bo’lgan bolalarga mo’ljallangan bo’lib, hozirgi kunda unda 64 nafar tarbiyalanuvchi mavjud.